O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 oktabrdagi qarori bilan oliy ta'lim muassasalarining harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmalari to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.
Qayd etilishicha, rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlaydigan harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmalari o‘z maqomiga ko‘ra, Mudofaa vazirligi oliy harbiy ta'lim muassasalariga tenglashtiriladi. OTMning kunduzgi bo‘limida o‘qiyotgan erkak talabalar, shuningdek tibbiy OTM talabalari jinsidan qat'i nazar harbiy tayyorgarlikdan o‘tadilar. Harbiy tayyorgarlikka 27 yoshgacha bo‘lgan, salomatligi bo‘yicha harbiy xizmatga yaroqli va saralash tanlovidan o‘tgan talabalar jalb etiladi.
Harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmalarida OTM talabalari orasidan rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash quyidagicha tashkil etiladi:
“Chaqiriqqacha harbiy ta'lim” yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydigan harbiy ta'lim fakultetlarida – 2 yil davomida, 2 va 3-kurslarda;
tibbiy OTM harbiy kafedralarida – 2 yil davomida bir yil, 3 va 4-kursda;
qolgan OTM harbiy kafedralarida – bir yil, 3-kursda.
Talabalar harbiy tayyorgarlikdan o‘tish uchun tanlov asosida saralab olinadi:
“Chaqiriqqacha harbiy ta'lim” yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydigan harbiy ta'lim fakultetlarida – abituriyentlarning OTMga o‘qishga kirishida o‘tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihon davomida;
tibbiy OTM harbiy kafedralarida – OTMda ta'lim olishning ikkinchi kursi oxirida saralash tanlovi jarayonida;
qolgan OTM harbiy kafedralarida – OTMda ikkinchi kurs oxirida saralash tanlovi jarayonida.
Kasbiy (ijodiy) imtihon topshirishga O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan; shaxsiy arizalariga binoan (OTM rektori nomiga, o‘zi yozgan) ixtiyoriy ravishda harbiy tayyorgarlikni o‘tash istagini bildirgan abituriyentlarga ruxsat beriladi.
Saralash tanloviga: O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan; shaxsiy arizalariga binoan (OTM rektori nomiga, o‘zi yozgan) ixtiyoriy ravishda harbiy tayyorgarlikni o‘tash istagini bildirgan; salomatligi bo‘yicha harbiy xizmatga yaroqli talabalarga ruxsat beriladi.
Quyidagilar harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmalarida ta'lim olish uchun talabalarni saralash tanlovining asosiy mezonlari hisoblanadi:







