Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fuqarolarni yashash va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi
Hukumat qarori bilan «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini yashash va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish hamda ro‘yxatdan o‘tkazilganligini bekor qilish tartibi to‘g‘risida» nizom tasdiqlandi.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Nizomga ko‘ra, ichki ishlar organlarining migratsiya va personallashtirish bo‘linmalari mazkur sohada vakolatli organ hisoblanadi.
Fuqaroni yashash joyi va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish har ikki tomon (mulkdor va fuqaro) ishtirokida amalga oshiriladi va ularning roziligi Face-ID yoki Mobile-ID tizimi orqali tasdiqlanadi.
Bir nechta uyga yoki kvartiraga ega bo‘lgan mulkdor ulardan faqat bittasida yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
18 yoshga to‘lmagan fuqaro ota-onasi yoki ulardan biri yoxud vasiysi (homiysi) ro‘yxatdan o‘tkazilgan manzilda yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Fuqaro yangi yashash joyiga kelgan kundan e’tiboran 10 ish kuni ichida yashash joyi yoki turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishi va turar joy mulkdori uni yashash joyi yoki turgan joyi manziliga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun vakolatli organga xabar berishi shart.
Fuqarolar yoki turar joy mulkdori ro‘yxatdan o‘tkazish uchun o‘ziga qulay bo‘lgan joydagi vakolatli organ yoki davlat xizmatlari markazlari, «Aqlli» migratsiya shoxobchalari orqali shaxsan yoxud YaIDXP, «E-xabar berish» tizimi orqali onlayn tarzda murojaat qilish mumkin.
O‘zbekistonning kuyidagi hududlarida fuqarolarning erkin harakatlanish, turar va yashash joyini tanlash huquqi cheklanishi mumkin:
- chegara zonasida;
- yopiq harbiy shaharchalarda;
- yopiq ma’muriy-hududiy tuzilmalarda;
- favqulodda holat yoki safarbarlik e’lon qilingan hududlarda va boshqalar.
Mavzuga oid
09:54 / 14.04.2026
Yakka uy-joy va kichik binolar qurilishida xususiy nazorat joriy etiladi
18:34 / 09.04.2026
Soliq nazorati tadbiri videotasvirga olinadi
11:17 / 06.04.2026
Oliy ta’limda yangi qoidalar: talabalar huquqi va tizim tartibi belgilandi
14:35 / 24.03.2026