Ba'zi afsonalar shu qadar ishonchli tuyuladiki, ular hatto maktab ta'limiga ham singib ketgan. Necha avlod vakillari ularga aldanib kelishadi. Bunda ko‘pincha maktab o‘qituvchilari aybdor ham bo‘lib chiqadi. Trendymen ishonishga hojat qolmagan 10 afsonaga doir ma'lumotlari bilan bo‘lishdi.

Buyuk Xitoy devori kosmosdan ham ko‘rinadi

Buyuk Xitoy devorini ko‘pincha kosmosdan ko‘rish mumkin bo‘lgan yagona qo‘lda bunyod etilgan predmet sifatida baholashadi. Go‘yoki Oyga qo‘ngan kosmonavtlar Yer sathida uni ko‘rishgan emish. Aslida bu devor hatto past orbitadan ham ko‘rinmaydi. Atmosferadan tashqarida bo‘lgan kosmonavtlarning guvohlik berishicha, Yerdagi hayotdan dalolat beruvchi yagona narsa - megapolislar gulxani va ekin maydonlari.

Bizda havorang qon bor

O‘qituvchilar ko‘pincha qiziqqan yoshlarga arterial qon alvon qizil rangda, venadagi tomir esa havorang bo‘lishi, faqat kislorod ta'siri ostidagina qizil rangga aylanishini aytishadi. Go‘yoki xuddi shuning uchun teridagi shishlar ko‘k rangda bo‘ladi. Aslida esa, ko‘k venalar ichida xuddi shunday qizil qon oqadi. Ularning tashqi tomondan ko‘k rangda ko‘rinishiga tomirlar va venalar shakllanuvchi to‘qimalar birikmasi sabab bo‘ladi.

Biz miyaning atigi 10 foizidan foydalanamiz

Aksariyat odamlar miyasining bor-yo‘g‘i 10 foizidan foydalanadi va faqat kamdan-kam daholar bundan ortig‘ini qo‘llashi mumkin. Inson miyasida umuman foydalanilmagan qismlar bor. Professional olim-fiziologlarning fikricha, aslida biz miyamizning deyarli barcha resurslaridan foydalanamiz va unda kun davomida ishlamay turadigan birorta qism yo‘q. Ba'zi tadqiqotchilarga ko‘ra esa, har qanday vaqtda, hatto chuqur uyquda ham miyaning 10 foizi o‘z faolligini saqlab qoladi.

Besh hissiyot organi

Bizning besh hissiyot funksiyamiz bor: ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta'm bilish va his etish. Original beshburchakka birinchi marta Arastu tomonidan ta'rif berilgan, lekin bugungi kunda ko‘p ekspertlar bu sxemani yanada mayda guruhlarga bo‘lishadi. Masalan, miya predmetlarning rangi va shaklini anglash uchun javobgar zonalarga ega. Ushbu fenomenlar tufayli ba'zi ko‘zi ojizlar o‘z atrofidagi predmetlarni taxminan taniy olishadi. Shuningdek, issiq va sovuqni his qilish hamda ichki organlarning xabar beruvchi signallarini ham odatiy sxemaga qo‘shish mumkin.