Shavkat Mirziyoyev Sooranbay Jeenbekovni tabrikladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sooranbay Jeenbekovni Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti lavozimiga saylangani bilan tabrikladi. Bu haqda O‘zbekiston TIV xabar berdi.
«Sizning g‘alabangiz chuqur tuzilmaviy islohotlar va mamlakatdagi o‘zgarishlar, aholi farovonligini yanada oshirish, jamiyatda tinchlik, barqarorlik va totuvlikni ta'minlash, shuningdek, xalqaro maydonda mamlakat nufuzini mustahkamlashga qaratilgan reja va dasturlaringizning qardosh Qirg‘iziston xalqi tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanishidan dalolat beradi», - deya ta'kidlanadi O‘zbekiston rahbari maktubida.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston o‘zaro manfaatli ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirishga katta e'tibor qaratmoqda va xalqlar farovonligi yo‘lida ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash uchun barcha zarur sa'y-harakatlarni yo‘naltirishga tayyor.
«Men so‘nggi yilda erishilgan yuqori darajadagi konstruktiv siyosiy muloqot va tomonlarning mavjud muammolarni hal qilish uchun o‘zaro hurmat hamda umumiy manfaatlarni hisobga olish prinsiplari asosida ish olib borishi yanada rivojlanishiga ishonchim komil», - deya ta'kidlanadi maktubda.
O‘zbekiston prezidenti Sooranbay Jeenbekovga mustahkam sog‘lik va yangi ma'suliyatli davlat faoliyatida muvaffaqiyatlar, Qirg‘iziston xalqiga esa – tinchlik va farovonlik tilagan.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi. Qurbonlar bor
O‘zbekiston | 14:57
-
Rossiya Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga MDH davlatlari orasida eng kam mukofot puli to‘laydi
Jahon | 14:36
-
O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar uchun “Faol hayotga qadam” dasturi joriy etiladi
O‘zbekiston | 14:27
-
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22
Mavzuga oid

19:49 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi

16:33 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘idagi «Millat fidoyilari» xiyobonida bo‘ldi

15:13 / 08.05.2025
“Hammamiz vatan himoyasiga har kuni tayyor bo‘lishimiz kerak” – Shavkat Mirziyoyev

19:13 / 07.05.2025