23:43 / 16.10.2017
7769

Tramp keyingi saylovlarda Hillari Klinton ishtirok etishiga umid bildirdi

Foto: Wikimedia Commons

AQSh prezidenti Donald Tramp 2020 yilgi prezidentlik saylovlarida sobiq raqibi Hillari Klinton ishtirok etishini istamoqda. U bu haqda tvitterda ma'lum qilgan. 

"Mendan yaqinda qallob Hillari "2020 yilgi saylovlarda ishtirok etadimi?", deb so‘rashdi. Men esa bunga "Umid qilaman" deb javob qaytardim", deb yozgan Tramp.

Avvalroq Tramp Shimoliy Koreyada yadro quroli paydo bo‘lishi uchun javobgarlikni  Klinton zimmasiga qo‘ygandi.

Top