09:25 / 28.10.2017
11937

Air Berlin aviakompaniyasi oxirgi reysini amalga oshirib, tarixga aylandi

Bankrotligi tufayli o‘z faoliyatini yakunlayotgan Air Berlin aviakompaniyasi 27 oktabr kechki vaqt o‘z tarixidagi so‘nggi reysi AB6210’ni Myunxendan Berlinga amalga oshirdi. Bu haqda Bild nashri xabar berdi

Ta'kidlanishicha, aeroport xodimlari xotira suratlarini olganlari tufayli reys bir soatlik kechikish bilan boshlangan. Aeroport o‘t o‘chirish xizmati samolyotni "favvoralar" bilan kuzatib qo‘ygan.

Ta'kidlanishicha, samolyot Germaniya poytaxtiga mahalliy vaqt bilan soat 23.35da yetib borgan. U yerda ham samolyotni yuzlab odamlar kutib olishgan.

Aviakompaniya 15 avgustda bankrotligini boshlagan. Endilikda tarixga aylangan aviakompaniya bo‘limlarining bir qismi Lufthansa’ga o‘tadi, uning sho‘'ba aviakompaniyalari Niki va LG Walter parvozlarni davom ettiraveradi.

O‘z parvozlarini 1978 yilda amalga oshira boshlagan aviakompaniya bilan xayrlashish onlari quyidagi suratlarda muhrlangan.

Foto: Reuters

Aeroport xodimlari aviakompaniyaning so‘nggi reysi oldidan.

Foto: Reuters

O‘t o‘chirish mashinalari AB6210 reysini shunday kuzatishga qaror qilishdi. 

Foto: Reuters

So‘nggi reys ekipaji uchun maxsus tayyorlangan tort.

Foto: Reuters

So‘nggi reysni amalga oshiruvchi samolyot bortida xayrlashuv so‘zlari bitilgan plakat. Unda "Yurakka ega aviakompaniya" deb yozilgan.  

Foto: Reuters

Aeroport tablosida reys boshlanishi e'lon qilinmoqda. 

Foto: Reuters

Aviakompaniyaning so‘nggi reysi oldidan.

Foto: Reuters

Aeroport xodimlari aviakompaniyaning so‘nggi reysi oldidan jamoaviy suratga tushishmoqda.

Foto: Reuters

Samolyot uchish yo‘lagiga olib ketilmoqda.

Foto: Reuters

O‘t o‘chirish mashinalari samolyotni favvoralar bilan kuzatib qo‘yishmoqda.

Foto: Reuters

Samolyot parvozi oldidan. Futbolkada "Ketdi, biroq unutilmaydi" degan so‘zlar yozilgan.

Mavzuga oid
Top