07:42 / 30.10.2017
11334

Eron prezidenti Tramp bilan uchrashishni istamagani ma'lum bo‘ldi

Foto: Free Stock Images

AQSh prezidenti Donald Tramp sentabrda o‘tgan BMT Bosh assambleyasi sammiti doirasida Eron prezidenti Hasan Ruhoniyga shaxsiy uchrashuv o‘tkazishni taklif qilgan, biroq Ruhoniy bu taklifni rad etgan. Bu haqda Eronning Fars axborot agentligi xabar bermoqda

Bu haqda birinchi bo‘lib tahlilchi Mahdi Fazayliy so‘zlab bergan. "AQSh prezidenti Tramp prezident Ruhoniyga uning sentabrda an'anaviy anjumanda ishtirok etish uchun Nyu-Yorkka tashrifi vaqtida shaxsiy uchrashuvni taklif qilgan, biroq bizning prezident bu taklifni rad etgan", deb so‘zlagan Fazayliy.   

Uning aytishicha, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ikki davlat rahbarlari o‘rtasida vositachilik qilmoqchi bo‘lgan, biroq u ham uchrashuvni tashkillashtira olmagan. 

Keyinroq Eron tashqi ishlar vazirligi Fars axborot agentligiga bu ma'lumot haqiqiy ekanligini tasdiqlangan.

Mavzuga oid
Top