Baykal, Michigan, Viktoriya – bu mashhur ko‘llar bir necha avlodga yetadigan eng toza ichimlik suvi zahiralarini o‘zida saqlaydi. Biz 80 foizga suvdan tashkil topganmiz, shuning uchun bu biz uchun hayotiy muhim ahamiyatga ega. Biroq barcha ko‘llar ham o‘z tozaligini saqlab qola olmagan. Shotlandiyaning go‘zal ko‘llari nafaqat Lox-Ness pleziozavri qidiruvlari bilan, balki ikki asrdan ziyod vaqtdan buyon Britaniya orollaridagi eng asosiy transport kanallaridan biri ekani ekani bilan ham mashhur. Lox-Nessdagi fauna va flora qo‘shni ko‘llardan hech nimasi bilan farq qilmaydi. Don'tPanic insonlar xatti-harakatlari natijasida hayotni yo‘qqa chiqargan ko‘llar haqida ma'lumot berdi.
Rio Tinto, Ispaniya

Rio – daryo, Tinto – qizil. Portugaliyalik mustamlakachilar o‘z vaqtida Braziliyani qizil daraxtning mahalliy nomi bilan atashgan. Ispaniyaning Andalusiya provinsiyasi hanuz Yevropada joylashgan. Biroq shunisi achinarliki, uch ming yildan ortiq vaqtdan buyon u yerdan oltin, kumush, mis, nikel, molibden qazishadi... O‘rta asrlarda simob ham qazib olishgan. Natijada ko‘lning qanchalik ifloslanganini tasavvur qilish qiyin emas. Shunisi ajablanarliki, bu yerda havo ham kerak bo‘lmagan, biroq azot zarur bo‘lgan ekstremal-bakteriyalar yashaydi. Astrobiologlarning taxminlariga ko‘ra, bakteriyalarning bu turi Mars sayyorasiga yaxshi moslashadi.
Karachay, Rossiya

Atomchi-olimlar bu ko‘lga faqat bir holatdagina borishadi: hayotni qiynoqli o‘lim bilan tugatishni istashsa. Ushbu ajoyib surat 1975 yilgi Kishtim halokatidan keyin stronsiydan plutoniygacha bo‘lgan eng halokatli radioaktiv elementlarning barcha taniqli izotoplarini yashiradi. 2017 yil o‘lchamlarining ko‘rsatishicha, ko‘l qirg‘og‘ida to‘liq kimyo- va radiohimoyali kiyimsiz bir soatdan kam turilsa, halokatli dozali radiatsiya kafolatlanadi. Baliqchilar ko‘lning ba'zi joylarini yaxshi ko‘rishadi, zero u yerda misli ko‘rilmagan hajmdagi baliqlar suzadi. Biroq hatto shunday jasur odamlar ham uni yeyishga jazm qilishmaydi.























