Obama Texasdagi xunrezlikka munosabat bildirdi
AQShning sobiq prezidenti Barak Obama Texasdagi cherkovda sodir etilgan ommaviy qotillikdan keyin qurol ko‘tarib yurish masalasini o‘rtaga ko‘tardi. U bu haqda tvitterida yozgan.
«Biz Sazerlend-Springsdagi bu nafrat aktidan jabrlangan barcha oilalar bilan hamdardmiz, biz omon qolganlar bilan birgamiz», — deya yozgan u tvitterida.
Obama shuningdek, bunday hodisalarning oldini olish uchun mamlakatda qurol taqib yurish erkinligiga chek qo‘yish haqida yaxshilab o‘ylab ko‘rishga chaqirgan.
5 noyabr kuni Amerikaning Texas shtati Sazerlend-Springs shahrida qurollangan erkak baptistlar cherkovi dindorlarini o‘qqa tutdi. Ushbu ommaviy qotillik oqibatida 26 kishi halok bo‘lib, yana 20 ga yaqin kishi yaralandi. Qotillik sodir etgan shaxs mashinasidan jonsiz holda topildi.
Mavzuga oid
09:59 / 07.11.2024
Sobiq prezident Obama Trampni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi
21:09 / 19.09.2024
AQShdagi kimyo zavodida yuz bergan yong‘inni to‘rt kundan beri o‘chirib bo‘lmayapti
15:50 / 21.08.2024
«Bu kinoni oldin ham ko‘rganmiz». Obama Trampning ikkinchi muddati xavfidan ogohlantirdi
14:59 / 26.07.2024