00:57 / 06.11.2017
6717

Toshkent va Yerevan o‘rtasida aviareys ochish rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston va Armaniston bosh vazirlari Toshkent va Yerevanni bog‘lovchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareysni ochish masalasini muhokama qilishdi.  

Ushbu masala O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning Armaniston bosh vaziri Karen Karapetyan bilan Toshkentdagi muzokaralari davomida muhokama qilindi.  

Karapetyanning aytishicha, uning davlati O‘zbekiston bilan aloqalarni faollashtirishdan manfaatdor.

Ikki davlat bosh vazirlari turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatini muhokama qilishgan. Shuningdek, diplomatik vakolatxonalar ochilishi masalalari ko‘rib chiqilgan.   

Aripov va Karapetyan ikki tomonlama miunosabatlarga yangi impuls berishga kelishib olishdi, bu esa ham siyosiy, ham iqtisodiy aloqalarni faollashtirishga olib keladi.

Mavzuga oid
Top