
Birinçi hikoya
Yoş vraç tanişim bor. U ming orzular bilan tuman poliklinikasiga işga keldi. Qaçon suhbatlaşsak: “Aka, tibbiyot kasb emas – fan. Tinimsiz öqib, öz ustida işlamagan vraç rivojlanişdan töxtab qoladi” degan gapni takrorlagani-takrorlagan. Kunu-tun izlanib, bemorlar dardi bilan yaşayotgan – harakatdagi vraç edi u. Oliygohda taşkilotçi bölgani işiga xalaqit bergani rost. Sababi, “kattakonlar” taşkilotçi kişida rahbarlik qobiliyatini tez anglaşdi. Iş boşlaganiga ikki yil ötmay: “Tuman poliklinikasiga boş şifokor böldim” deya qönğiroq qilganida yuragim ezildi. Buning boisi özimga ayon.
Tabriklagan kişi böldim. Qöl ostidagilardan öz işiga ma'suliyat bilan yondaşişni talab qila boşlagani haqida köp gapirib, muassasani ança tartibga ham keltirib qöydi.
Ötgan hafta tanişim xodimlarini paxta terimiga jalb qila olmagani sababi bilan işdan olişibdi. Poliklinikasiga bordim. Yölak töla bemor. Yoş kelinçakni qölida biğillab turgan çaqaloqlarni körib, taajjublanasan, kişi. Vraç va hamşiralarning yarmi “milliy iftixorimiz bölgan paxta yiğim-terimida” ekan.
Toşkent viloyatidagi paxta dalalarida şifokorlar va andijonlik öqituvçilar terimga jalb etilgan
Boş şifokor paxta bilan tibbiyot, inson salomatligi örtasidagi boğliqlikni topa olmay işdan ketibdi.
Ikkinçi hikoya
Viloyatdagi barça tumanlarda tuzilmalari bölgan taşkilot rahbari fiğoni falakka çiqib aytib berdi: “Barça muassasalarimizdan 5 nafardan xodim olib, çekka tumanga yotoqqa terimga boradigan böldik. Şart-şaroitlar bilan tanişgani borganimizda, çöl tumanida bir vaqtlar mineral öğitlar dorixonasi bölgan binoni körsatişdi. Heç qanday tayyorgarlik körilmagan joy ekani ma'lum bölgaç, tuman mutasaddilari va agromassiv rahbarlariga qilgan murojaatlar yelka qisiş bilan yakuniga yetdi. 55 nafar kişi uçun yotoq, ovqatlaniş joyi, hojatxonani epaqaga keltirişga ikki kun vaqt sarfladik. Tabiiyki, barça xarajatlar özimizning hisobimizdan. Eng qiziği terim boşlanganida böldi. Paxta terimiga tuşgaç, uni olib ketgani traktor yöq. Fermerga qönğiroq qilsak u kelib: “Mana xöjalik muhri. Özinglar terib, traktor topib, paxta punktiga topşirib kelaverasizlar” deydi.















