Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yolg‘on fosh bo‘ldi: Rossiya Mudofaa vazirligi AQShni ayblashda kompyuter o‘yinidagi skrinshotlardan foydalangan
Bugun Rossiya Mudofaa vazirligi Amerika Qo‘shma Shtatlari Suriyaning Al-Bukamol shahridan chekinayotgan IShID terrorchilariga zarba bermadi, deya xabar qildi.
Ushbu bayonotning isboti o‘laroq taqdim etilgan kosmografik suratlarda harbiy mashinalarning harakatlanib ketayotgani tasvirlangandi.
"Bundan tashqari, koalitsiya samolyotlari Rossiya harbiy-kosmik kuchlari samolyotlariga "xalal bera boshlagan". Ular shahar osmonida 15 kilometrlik hududga kirgan. Qo‘shma Shtatlar chekinayotgan terrorchilarni hukumat qo‘shinlari zarbalaridan xavfsiz holatda olib chiqilishini ta'minlashni istagan", deyilgandi xabarda.
Ammo bu suratlardan biri kompyuter o‘yinlaridan biri - AC-130 Gunship Simulator dasturidagi lavhaning skrinshoti ekani ma'lum bo‘ldi.



Shuningdek, Rossiya Mudofaa vazirligi 2016 yil Falluja shahri yaqinidagi IShID jangarilariga havodan zarba berishi aks etgan lavha ham ushbu o‘yinda "taqdim etilgan".
Mavzuga oid
17:59 / 29.12.2025
Turkiyada 3 nafar politsiya xodimi IShIDga qarshi operatsiya chog‘ida halok bo‘ldi
12:30 / 26.12.2025
AQSh Nigeriyada IShID obektlariga zarba berdi
00:00 / 15.12.2025
Suriyada IShIDga qarshi operatsiya boshlandi
11:39 / 01.12.2025