Amerika Qöşma Ştatlari Suriyaning Al Bukamol şahridan çekinayotgan IŞID terrorçilariga zarba bermadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. 

Amerika harbiylari jangarilar "köngilli ravişda asir tuşayotgani"ni vaj qilib, "Harbiy asirlar bilan muomala qiliş töğrisida" Jyeneva konvensiyasi şartlariga rioya qilinganini ta'kidlamoqda. 

Rossiya guruhi qömondonligi jangovar va oğir qurol-yaroğlarga ega terrorçi guruhlari xalqaro koalitsiya nazoratidagi hududda qayta guruhlanayotganiga oydinlik kiritilişini söragan. Bu savolga amerikaliklar javob berişmagan. 

Bundan taşqari, koalitsiya samolyotlari Rossiya harbiy-kosmik kuçlari samolyotlariga "xalal bera boşlagan". Ular şahar osmonida 15 kilometrlik hududga kirgan. Qöşma Ştatlar çekinayotgan terrorçilarni hukumat qöşinlari zarbalaridan xavfsiz holatda olib çiqilişini ta'minlaşni istagan, deb yozadi RIA Novosti. 

Rossiya Mudofaa vazirligiga köra, Suriya hukumat kuçlarining Al-Bukamolga hujumi Amerikaning Frot daryosi şarqiy qirğoğda Damaşqqa böysunmaydigan hokimiyatni taşkil etiş rejasini barbod qildi. 

9 noyabr kuni Suriya hukumati Al-Bukamolni töliq nazoratga olgani xususida e'lon qildi. Hukumat qöşinlari Dayr Az Zor viloyatidagi şaharni qayta egallab oldi.