17:52 / 18.11.2017
13964

Bill Klinton Trampga: «O‘zingdan keyin qanday meros qoldirmoqchisan?»

Foto: AP

AQSh sobiq prezidenti Bill Klinton NBC telekanali efirida mamlakatning amaldagi rahbari Donald Trampga maslahat berdi.

«Tramp dushmanlarni qidirishdan to‘xtashi va o‘zi ishlashi mumkin bo‘lgan odamlarni topishi kerak... Bizning yoshimiz bir xil. Sen o‘zingdan keyin qanday meros qoldirmoqchisan?», - deya aytib o‘tdi u.

AQSh sobiq davlat kotibi Hillari Klinton esa, o‘z navbatida, Tramp mamlakatning birlashishi uchun ko‘proq narsa qilishi lozimligini ta'kidlab o‘tdi.

 

Top