17 noyabr kuni nolinchi yillarning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri bo‘lgan Pol Skoulz 43 yoshni qarshiladi. E'tiboringizga, futbol olamidagi uning jamoadoshlari, raqiblari va murabbiylarning u haqidagi fikrlarini havola qilamiz.
Xabi ALONSO: Ispaniyalik muxlislar uni juda yuqori baholaydilar, men uchun esa u haqiqiy namuna. U so‘nggi 15-20 yilda men ko‘rgan eng yaxshi yarim himoyachidir.
Dimitar BeRBATOV: Dunyoda hech kim Pol Skoulzning harakatlarini takrorlay olmaydi. U maydonning istalgan nuqtasiga aniq pas oshira oladi va o‘yinni ham nazorat qiladi.
Jorj BeST: Bu bola o‘ynashni bilar ekan.
Loran BLAN: Mendan kim so‘rasa aytaman: «Skoulz - eng yaxshi ingliz futbolchisi». Men «Manchester Yunayted»da uning nimalarga qodirligini ko‘rganman va faqat hayron qolganman.
Edgar DAVIDS: Biz hammamiz xuddi Skoulz kabi mukammal futbolchi bo‘lishni orzu qilamiz xolos.
Sesk FABReGAS: U men intiladigan darajadagi futbolchi, Premer Liganing eng yaxshi o‘yinchisi.
Aleks FeRGYuSON: Men qayerga borsam, Skoulzning o‘yinidan hayratlanishlarini yashirishmaydi. Ammo agar uni qo‘lga kiritishni ham o‘ylashsa, bekorga vaqt yo‘qotishlarini bilishlari kerak. U bu yerda barcha bosqichlarni bosib o‘tgan buyuk o‘yinchilardan biridir.
Luish FIGU: Men doim Skoulzni kuzatganimda, uni to‘xtatib bo‘lmasligini his qilaman. Maydonda uni ushlab bo‘lmaydi, maydon tashqarisida esa, umuman ko‘rmaysiz.
Xosep GVARDIOLA: U o‘z davrining eng yaxshi yarim himoyachisi bo‘lib qolaveradi. Men u bilan birga o‘ynashni juda istagandim.
Eydur GUDONSeN: U men bilgan eng mukammal futbolchilardan biri. Har doim uning qarshisida qolganimda, unga tenglasha olmasligimni his qilib turardim.
Teri ANRI: Men nega Skoulzning hali ham «Eng yaxshi o‘yinchi» bo‘lmaganiga tushunmayman. Allaqachon uni e'tirof etishlari kerak edi. Balki boshqa yulduzlar kabi, hammani o‘ziga qaratishni istamagani uchun shundaydir.












