Jahon | 11:20 / 21.11.2017
18602
2 daqiqa o‘qiladi

«Ozgina qoldi». Putin Suriyadagi harbiy amaliyot haqida gapirdi

Foto: RIA "Novosti"

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Sochida ma'lum qilishicha, Suriyadagi harbiy amaliyot yakunlanib qolgan. Bu haqda Kreml saytida xabar berildi.

«Terrorizm ustidan to‘la g‘alabagacha, albatta, hali juda uzoq. Biroq bizning Suriya hududida terrorchilarga qarshi birgalikdagi ishimizga keladigan bo‘lsak, harbiy amaliyot haqiqatdan ham tugamoqda», - deya ma'lum qildi Putin Bashar Asad bilan uchrashuvda.

Shuningdek, uning Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi va Mudofaa vazirligi rahbariyati tarkibi bilan uchrashuvda ta'kidlashicha, «yakuniy nuqta» yaqin vaqt ichida qo‘yiladi.

«Suriyadagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun ko‘p ish qilindi. Umid qilamanki, biz yaqin vaqt ichida Suriyada terrorizm bilan kurashga nuqta qo‘yamiz. Biroq, shu ham aniqki, uning o‘chog‘lari hali paydo bo‘ladi», - deya ma'lum qildi Putin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq RF prezidenti Vladimir Putin Sochida Suriya yetakchisi Bashar Asad bilan uchrashgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid