Rossiya prezidenti Vladimir Putin Soçi şahrida Suriya yetakçisi Başar Asad bilan uçraşdi. Bu haqda Kreml saytida xabar berilgan.

Ta'kidlanişiça, Putin Asadga Rossiya Qurolli kuçlari Boş ştabi va Mudofaa vazirligi rahbariyati tarkibini taniştirgan.

«Sizga Suriyani qutqarişda hal qiluvçi örin tutgan odamlarni taniştirmoqçiman. Albatta, janob Asad bu yerdagi ba'zilarni şaxsan taniydi», - deya ma'lum qildi Putin.

Bundan taşqari, Vladimir Putinning ma'lum qilişiça, AQŞ yetakçisi Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot ötkazadi. Ta'kidlanişiça, muloqot bugun, 21 noyabr kuni bölib ötadi.

«Bugun (20 noyabr) Qatar amiri bilan muloqotni rejalaştirdim, ertaga – Amerika Qöşma Ştatlari prezidenti Donald Tramp bilan, keyin esa – mintaqa davlatlari yetakçilari bilan», - deya ma'lum qildi Putin.

Uning aniqlik kiritişiça, suhbatlar davomida Suriya mavzusi muhokama etiladi.