Ruhiy kasalliklar shifoxonasidan qochgan uchinchi bemor qo‘lga olindi
20 noyabr kuni Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan ruhiy kasalliklar shifoxonasidan qochgan bemorlarning uchinchisi Sherqul Safarovich Omonov qo‘lga olindi. Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berishicha, u 21 noyabr kuni soat taxminan 15:00larda, Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, Chilonzor tumanida joylashgan «Abu Saxiy» bozori hududida ushlangan.
Ma'lum qilinishicha, Sherqul Omonov ushlash jarayonida, yonida bo‘lgan pichoq bilan ichki ishlar organlari xodimiga jarohat yetkazgan. Yon-atrofdagilarga nisbatan jiddiy xavf tug‘dirgan.
Eslatib o‘tamiz, dushanba kuni taxminan soat 09:10da Toshkent shahrida joylashgan Respublika ruhiy xastaliklarni intensiv kuzatish shifoxonasidan uch nafar bemor qochib ketgandi. Ularning ikki nafari shu kunning o‘zidayoq qo‘lga olindi.
Bemorlarning maxsus nazoratdagi shifoxonadan qanday qochib ketgani hozircha ma'lum emas.
Toshkentdan chiqish yo‘llari to‘silgan: Xavfli shaxs qidirilmoqda
Tavsiya etamiz
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Qiz bola uchun xavfsiz bo‘lgani sabab Abu Dabida o‘qishni tanladim” – NYUAD talabasi Muxlisa Mamatova
Jamiyat | 12:16
-
Trampning ortga tisarilishi. U nega bojlarni 90 kunga muzlatib qo‘ydi?
Iqtisodiyot | 12:13
-
Turizm sohasida yangi vazifalar belgilandi. Avvalgi topshiriqlar ijrosi qoniqarlimi?
O‘zbekiston | 12:07
-
Piyoz narxi nega qimmatlashdi?
O‘zbekiston | 11:53