O‘zbekiston | 19:11 / 20.11.2017
54171
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi ruhiy kasalliklar shifoxonasidan​ qochgan bemorlarning ikki nafari ushlandi

20 noyabr kuni taxminan soat 09:10da Toshkent shahrida joylashgan Respublika ruhiy xastaliklarni intensiv kuzatish shifoxonasidan uch nafar bemor qochib ketgandi.

Toshkent shahar IIBB tezkor-qidiruv guruhi tomonidan qochoqlarning shaxsi aniqlanib, ular shifoxonada davolanayotgan Sherqul Omonov, Ma'ruf Rashidov va Ahror Hamroyev ekani aniqlangan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

Ayni paytda shifoxona bemorlarining ikki nafari, Rashidov hamda Hamroyev qo‘lga olingan. Muqaddam O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 169-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan Sherqul Omonov hozircha ochiqda qolmoqda. 

Xabar matnida bemorlarning qanday qilib qochib ketishga muvaffaq bo‘lgani haqida ma'lumot berilmagan.

Mavzuga oid