Tojikiston O‘zbekistondan gaz xarid qiladi, biroq aholi uni olmaydi

Foto: AP
Tojikiston kelasi yil boshidan O‘zbekistondan besh yil muqaddam to‘xtatib qo‘yilgan tabiiy gaz xaridini tiklashni rejalashtirmoqda. Tegishli og‘zaki kelishuvlarga erishib bo‘lingan, ayni damda Tojikiston gaz taqsimlovchi kompaniyasi mamlakat sanoat korxonalarining ehtiyojini aniqlashtirmoqda, shundan so‘ng bu haqda aniq gapirish mumkin bo‘ladi, deb xabar qilmoqda Aziya Plyus.
«Tojiktransgaz» va «O‘ztransgaz» o‘rtasida tabiiy gaz yetkazib berishni tiklash bo‘yicha muzokaralarning birinchi bosqichi bir oy avval Termizda energetik hamkorlik bo‘yicha tojik-o‘zbek muloqoti doirasida bo‘lib o‘tdi. O‘shanda «gaz masalasi»dan tashqari, Markaziy Osiyoning yagona energetik tizimini tiklash va o‘zaro elektr energiyasi yetkazib berish haqida gap borgan.
Noyabr boshida esa ikki davlat gaz taqsimlovchi kompaniyalari vakillari Toshkentda uchrashib, Tojikistonga o‘zbek gazining yetkazib berish narxlari hamda hajmlarini muhokama qilishdi.
«Tojiktransgaz» muzokaralar bo‘yicha ma'lumotni ochiqlashni istamayapti, ular jurnalistlar o‘z maqolalari bilan jarayonga xalaqit qilishlaridan xavfsiramoqda. Kompaniya ichki infratuzilma holatiga aniqlik kiritmagan, shuningdek, o‘zbek gazini oladigan ehtimoliy iste'molchilarni ham aytmagan. Gaz taqsimlovchi korxonaga yaqin bo‘lgan manbalarning iddao etishicha, aholini import gazi bilan ta'minlash hozirda umuman ko‘rib chiqilayotgani yo‘q. «Aholini o‘zbek gazi bilan ta'minlash haqida hech kim hozircha o‘ylayotgani yo‘q. Bu yaqin yillarda yuz bermasa kerak. Buning uchun infratuzilmani tartibga keltirish kerak, u qariyb o‘n yil davomida ishlatilmadi. Axir gaz bilan hazillashish xavfli, kichik xatolar ham juda jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Buning ustiga aholi import gazi uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshira olishi borasida shubhalar bor», - deya aytib o‘tgan manba.
Suhbatdoshning ta'kidlashicha, ayni damda «Tojiktransgaz» tabiiy gazni olishdan manfaatdor bo‘lishi mumkin bo‘lgan sanoat korxonalari bilan ishlamoqda. «Tayyorgarlik va korxonalar ehtiyoji aniqlanganidan so‘ng «O‘ztransgaz»ga aniq hajm beriladi, tomonlar shuning asosida yoqilg‘i qiymatini muvofiqlashtirib oladilar», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi manba.
Kutilishicha, yil oxiriga qadar ushbu barcha masalalar bo‘yicha kelishib olinadi va tomonlar bir yillik shartnoma imzolaydi, unga asosan 2018 yilning boshidan o‘zbek gazi yana Tojikistonga yetkazib beriladi.
Tavsiya etamiz
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
«Tashabbusli budjet» loyihalariga ovoz berish boshlandi
O‘zbekiston | 00:58 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda belgilanmagan joyga chiqindi tashlayotganlarga qarshi reyd boshlandi
Jamiyat | 10:06
-
Zelenskiy: Rossiya o‘t ochishni to‘xtatishdan bosh torsa, Ukrainani mustahkamlash kerak bo‘ladi
Jahon | 09:47
-
Rossiyaga tarixiy tangalar va ko‘krak nishonlarini yashirincha olib ketayotgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 09:26
-
Shols AQShning Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish taklifini qo‘llab-quvvatladi
Jahon | 09:10
Mavzuga oid

12:30 / 06.03.2025
Qariyb 200 mln so‘mlik gazni talon-toroj qilgan kafe egasi ushlandi

12:22 / 06.03.2025
376 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi

10:39 / 06.03.2025
Maishiy xizmat ko‘rsatish binolarida 246 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi

16:03 / 05.03.2025