Tojik alyuminiy kompaniyasi Özbekiston tabiiy gazini faqat anodlar tayyorlaş uçun xarid qiliş imkoniyatini körib çiqmoqda. Kompaniya birlamçi alyuminiy işlab çiqarişda kömirdan olinuvçi özining gazini qöllaydi, deb xabar bermoqda «AP» TALKÖga asosan.
«Russkiy alyuminiy» (RUSAL) Rossiya birlaşgan kompaniyasi TALKO bilan hamkorlikda anod işlab çiqariş böyiça işlar taşkil etişni rejalaştirmoqda. RUSAL’ning fikriça, anodlar işlab çiqarişda tabiiy gazdan foydalaniş muhim. Ayni damda muzokaralar ketmoqda. Agarda qandaydir kelişuvlarga erişilsa, biz balki Özbekistonga murojaat qilarmiz», - deya aytib ötdi TALKÖning axborot-tahliliy departamenti rahbari Igor Sattorov «AP»ga.
Qayd etilişiça, Özbekiston 2012 yilning aprelida Tojikistonga tabiiy gaz yetkazib berişni töxtatgan.
«Biz tezkor tartibda yangi texnologiyalarga ötdik, ya'ni kömirdan öz gazimizni işlab çiqara boşladik. Albatta, ma'lum mablağlar yönaltirilib, işlab çiqariş texnologiyasini özgartirdik. Hamda biz bu rejimda işlaşda davom etamiz», - deya ta'kidlab ötdi Sattorov.
Bundan taşqari ta'kidlanişiça, «Tojiktransgaz» OAJ keyingi yil boşlanişi bilan Özbekistondan tabiiy gaz xarid qilişni rejalaştirmoqda. Ayni damda ikki davlat gazçilari örtasida muzokara jarayoni ketmoqda.

















