O‘zbekistonda koreyaliklar bilan hamkorlikda kiyim ishlab chiqariladi

Foto: O‘zbekengilsanoat
Koreyaning yirik to‘qimachilik korxonalari “Posco Daewoo”, “Color Paradise”, “Solsang International Corp.”, “RATEL E&T Co, Ltd”, shuningdek “Lotte Marte”savdo tarmog‘i rahbarlari bilan 2017-2018 yillarda O‘zbekistonda to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha 70 mln.dollar miqdoridagi shartnomalar imzolandi.
“O‘zbekengilsanoat” AJ axborot xizmati bergan ma'lumotda aytilishicha, koreyalik tadbirkorlarga “UzTex” kompaniyasining hamda “Osborn” to‘qimachilik mahsulotlari juda yoqqan. Shuningdek, ular “Bofondo” va “Bonito” brendi ostida chiqadigan jinsi va to‘qimachilik mahsulotlarini yuqori baholashgan.
O‘zbekiston delegatsiyasi va Koreya Respublikasi Xalqaro savdo Assotsiatsiyasi va Milliy elektron savdo maydonchasi rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv doirasida 2017-2018 yillarda O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlarini “KOREA Trade” elektron savdo maydonchasida sotish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikdagi shartnomalar imzolangan. Endi O‘zbekistoning Koreya Respublikasidagi korxonalari va Koreyaning import va transport bilan shug‘ullanadigan korxonalari bojxona hujjatlarini elektron shaklda to‘ldirishlari mumkin.
Bir yil davomida 2 mlrd dollar miqdoridagi brend mahsulotlarni ishlab chiqarayotgan hamda bugungi kunda Bangladesh, Vetnam, XXR, San-Salvadordagi ishlab chiqarish korxonalari orqali 90 million ortiq kishini ish bilan ta'minlagan “Youngone Corparation” rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazilgan. Uchrashuv doirasida Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida rangchilik va tikuvchilik ishlab chiqarish korxonasini qurish borasida loyiha va Samarqand shahridagi dizaynerlik o‘quv markazi bilan tikuvchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish, Samarqand shahridagi “El merosi” madaniyat markazining faoliyatidagi ijtimoiy loyihalarni amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlash borasida shartnomalar imzolangan.
“Youngone Corparation” kompaniyasi tomonidan jalb qilinadigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning umumiy miqdori 20 million dollarni tashkil qiladi.
Yana bir omadli o‘tgan muzokaralardan biri “Daewon Co Contavil” (Koreya va Vetnamda yirik jun va yarim jun matolarini ishlab chiqaradigan korxona) va “Samwon Ind Co., Ltd” kompaniyalari rahbarlari bilan bo‘lib o‘tgan.
Uchrashuv doirasida O‘zbekistonda bosqichma-bosqich to‘qimachilik sanoati uchun bo‘yoqlar va kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish va maktab formalari, ko‘ylakbop hamda boshqa turdagi matolar ishlab chiqarish bo‘yicha o‘zaro manfaatli shartnomalar imzolangan.
“Daewon” kompaniyasi esa “IVYclub”ning xususiy brendidagi maktab formalari ko‘rgazmasini o‘tkazgan.
“O‘zbekengilsanoat” davlat aksiyadorlik jamiyati Koreya Respublikasida umumiy miqdori 30 mln. dollardan ortiq bo‘lgan 7ta investitsion qo‘shma loyihalar imzolashni rejalashtirgan.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zominda jarlikka tushib ketgan fuqaro qutqarildi
Jamiyat | 10:24
-
3 mlrd so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilingani aniqlandi
Jamiyat | 10:00
-
Xorazmdagi uylardan biriga asteroid tushgani rad qilindi
Jamiyat | 09:41
-
AQSh Xitoy tovarlariga bojlarni 120 foizdan 54 foizga pasaytiradi
Jahon | 09:39
Mavzuga oid

23:16 / 24.10.2017
O‘zbekiston paxta yetishtirishda xalqaro infratuzilmadan foydalanadi

11:00 / 06.07.2017
Yengil sanoatda 2,2 milliard dollar qiymatida investitsion loyiha amalga oshirilmoqda

11:45 / 10.06.2017
O‘zbekistonda 2,2 mlrd dollarlik 120dan ortiq to‘qimachilik loyihalari amalga oshiriladi

10:36 / 24.05.2017