Agung vulqoni otildi. Balida xalqaro aeroport yopildi
Indoneziya hukumati Bali orolidagi xalqaro aeroportni yopib qo‘ydi. Bu Agung vulqoni otilganidan so‘ng yuz berdi, deb xabar qilmoqda SBS News telekanali.
Avvalroq mamlakat hukumati Agung vulqoni bir hafta ichida ikkinchi marta otilganidan so‘ng Lombok oroli aeroportini yopib qo‘ygandi. Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, aeroport 18 soat davomida ishlamaydi.
Indoneziyaning tabiiy ofatlarni bartaraf etish bo‘yicha agentligi xavf darajasini maksimalga qadar oshirdi.
Agung vulqoni birinchi marta 21 noyabr kuni otildi. Vulqondan tutun uning og‘zidan (krater) 700 metr balandlikka ko‘tarildi. Yakshanba kuni esa ikkinchi otilish boshlandi, vulqon lavani chiqarib tashlamadi, biroq tutun to‘rt ming metrlik balandlikka ko‘tarildi, shu sababdan havo transporti uchun eng yuqori (qizil) xavf darajasi e'lon qilindi.
Agung vulqoni faolligi sentabr oyida oshgandi, o‘shanda Bali orolining barcha hududi bo‘ylab favqulodda holat e'lon qilindi, 144 ming kishi xavfsiz joyga ko‘chirildi.
Ma'lumot uchun, Agung vulqonining eng yirik otilishi 1963 yilda yuz bergan bo‘lib, natijada mingdan ortiq inson halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
17:26 / 13.11.2024
Balida vulqon otilishi tufayli 20 dan ortiq xalqaro reyslar bekor qilindi
10:17 / 11.11.2024
O‘zbekiston elchisi Indoneziya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
18:34 / 04.11.2024
Indoneziyada vulqon otilishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi
16:31 / 04.11.2024