Jahon | 14:10 / 27.11.2017
7042
1 daqiqa o‘qiladi

Balida 40 ming kishi evakuatsiya qilindi

Foto: Reuters

Bali orolidagi Agung vulqonining uyg‘onishi tufayli taxminan 100 ming kishi evakuatsiya qilinishi kerak. Bu haqda Indoneziya tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha Milliy agentlik vakili xabar qilgan.

Associated Press’ning xabar berishicha, uning so‘zlariga ko‘ra, xavf hududi 10 kilometrga oshdi, uning ichida taxminan 22 ta aholi punkti bor, u yerlarda 90-100 ming kishi istiqomat qiladi.

Mahkama vakilining xabar berishicha, ayni damga kelib 40 ming kishi xavfsiz joyga ko‘chirilgan.

«Agar lozim bo‘lsa, biz evakuatsiyani majburiy tarzda amalga oshiramiz», - deya ta'kidlab o‘tishgan agentlikdan.

Shuningdek, 445 ta aviareys bekor qilingan.

Avvalroq Balida xalqaro aeroport yopilgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid