Indoneziya hukumati Bali orolidagi xalqaro aeroportni yopib qöydi. Bu Agung vulqoni otilganidan söng yuz berdi, deb xabar qilmoqda SBS News telekanali.
Avvalroq mamlakat hukumati Agung vulqoni bir hafta içida ikkinçi marta otilganidan söng Lombok oroli aeroportini yopib qöygandi. Telekanal ma'lumotlariga köra, aeroport 18 soat davomida işlamaydi.
Indoneziyaning tabiiy ofatlarni bartaraf etiş böyiça agentligi xavf darajasini maksimalga qadar oşirdi.
Agung vulqoni birinçi marta 21 noyabr kuni otildi. Vulqondan tutun uning oğzidan (krater) 700 metr balandlikka kötarildi. Yakşanba kuni esa ikkinçi otiliş boşlandi, vulqon lavani çiqarib taşlamadi, biroq tutun tört ming metrlik balandlikka kötarildi, şu sababdan havo transporti uçun eng yuqori (qizil) xavf darajasi e'lon qilindi.
Agung vulqoni faolligi sentabr oyida oşgandi, öşanda Bali orolining barça hududi böylab favqulodda holat e'lon qilindi, 144 ming kişi xavfsiz joyga köçirildi.
Ma'lumot uçun, Agung vulqonining eng yirik otilişi 1963 yilda yuz bergan bölib, natijada mingdan ortiq inson halok bölgan.












