Og‘izda "yong‘in" tursa, uni muzqaymoq bilan o‘chiring. Bu stomatitga qarshi eng yaxshi vosita.
Stomatit nima o‘zi?
Stomatit — bu og‘iz bo‘shlig‘i: til, yonoqlarning ichki tomoni, tomoq yallig‘lanishining umumiy nomi. Yoqimsiz hissiyotlar sizning ovqatlanishingiz, suv ichishingiz, suhbatlashishingiz va og‘riq kuchli bo‘lsa, hatto uxlashingizga ham xalaqit berishi mumkin.
Stomatit bir necha ko‘rinishda bo‘ladi:
- Aftlar — shilliq qavatdagi kichik yarachalar, ba'zan tilda ham paydo bo‘ladi. Ular og‘riqli doira shaklidagi och rangli dog‘lar ko‘rinishida bo‘ladi, bunday yarachalar 5-10 kun ichida o‘z-o‘zidan tuzaladi. Ba'zan bunday dog‘lardan bir nechta bo‘lishi mumkin.
- Lablarning yallig‘lanishi. Uchuq chiqishi ham stomatitga kiradi.
- Yoriqlar. Ba'zan yallig‘lanish jarayoni shunday kechadiki, yarachalar hosil bo‘lmaydi, lekin shilliq qavat ancha zarar ko‘radi.
Stomatit nima uchun paydo bo‘ladi?
Sababi ko‘p: bu turli infeksiyalar, jarohatlar yoki yuqumsiz kasalliklar bo‘lishi mumkin.
Quyida stomatitning ba'zi sabablari keltiriladi:
- Infektsiyalar. Viruslar, bakteriyalar, zamburug‘lar - bularning barchasi shilliq qavatlarda yashaydi va turli organlar kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin, ularda biryo‘la og‘iz bo‘shlig‘i ham aziyat chekadi. Doimo og‘ziga narsa soluvchi bolalarda ham ko‘pincha stomatit kuzatiladi. 2017 yilning yozida barchani qo‘rqitgan Koksaki virusi ham stomatitni keltirib chiqaradi.
- Jarohatlar. Masalan, agar tilingiz yoki yonoqlaringiz ichki tomonini tishlab olsangiz, qandaydir ichimlik bilan og‘zingizni kuydirib olsangiz.
- Allergiya va ovqatlarga sezuvchanlik. Bu individual reaksiya. Kimdir nordon mevalarni yeya olmaydi, kimdir esa ko‘p pista chaqib, kasalga yo‘liqishi mumkin.
- Milklar kasalliklari. Milklarning sezuvchanligini haddan ziyod oshiruvchi har qanday yallig‘lanishlar.
- Autoimmun kasalliklar. Shilliq qavat immun tizimini o‘z hujayralarini vayron qilishga majbur qiluvchi kasalliklar: sil, Kron kasalligida jabrlanadi.
- Dori vositalari. Ba'zi dori vositalari ham stomatitni keltirib chiqaradi. Bu antibiotiklar, kimyoviy davolash vositalari, gormonal preparatlar bo‘lishi mumkin.


















