Hukumat tarkibiga o‘zgarish kiritildi, bosh vazirga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Foto: KUN.UZ
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 34-03 sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘zgarishlar kiritildi. Unga ko‘ra, hukumat tarkibida Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksi tashkil etildi.
Kun.uz manbasi xabariga ko‘ra, yangi kompleksga Suxrob Rustamovich Xolmuradov rahbarlik qiladi, u O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan.
Suxrob Rustamovich 1973 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, millati o‘zbek. U 2000 yilda Toshkent Moliya institutini tamomlagan. 1993 yildan buyon bank tizimida faoliyat yuritib keladi. U shu yilning martida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki («Milliy bank») boshqaruv raisi etib tayinlangandi.
O‘z navbatida, 2016 yil kuzidan shu vaqtgacha «Sanoatqurilishbank» rahbari hisoblangan Alisher Qudratullayevich Mirsoatov «Milliy bank»ka rais bo‘lgan. 1974 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan Alisher Mirsoatov 1996 yildan buyon bank tizimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi
Jamiyat | 22:09
-
O‘zbekiston Xitoyga Jizzaxdagi AES loyihasiga sarmoya kiritishni taklif qildi
O‘zbekiston | 22:04
-
Indoneziyada bomba haqida hazil qilgan ayol reysdan olindi
Jahon | 22:01
-
Londonda Ukrainaning Yevropa davlatlari bilan muzokaralari bo‘lib o‘tdi
Jahon | 21:50
Mavzuga oid

17:43 / 21.11.2024
Bosh vazir o‘rinbosarlari va vazirlarning barchasi o‘z lavozimini saqlab qoldi (foto)

11:49 / 20.11.2024
Vazirlar Mahkamasi oldida turgan ustuvor vazifalar belgilandi

15:25 / 19.11.2024
O‘zbekiston hukumati parlament oldidagi vakolatlarini topshirdi

21:36 / 24.10.2024