Shimoliy Koreyaning Moskvadagi elchixonasi xodimlari 29 noyabrga o‘tar tunda uchirilgan «Xvason-15» qit'alararo ballistik raketasining sinoviga izoh berishdi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».
Diplomatlarning so‘zlariga ko‘ra, ushbu raketa o‘zida o‘ta katta yadro kallagini olib o‘tishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, KXDR Hwasong-15 qit'alararo ballistik raketasi muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgani haqida ma'lum qilgandi. Pxenyanning bayonotida aytilishicha, raketa AQSh hududidagi istalgan joyga yetib borishi mumkin. Shuningdek, KXDR yadro kuchlarini shakllantirish yakuniga yetganini ma'lum qildi.











