Shimoliy Koreya yadro kuchlarini shakllantirish yakuniga yetgani haqida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti» KXDR yetakchisi Kim Chen Inning bayonotiga tayangan holda.
«Yetakchi Kim Chen In «Xvason-15» qit'alararo ballistik raketasining muvaffaqiyatli sinovini shaxsan kuzatib, unga yuqori baho berdi hamda bugun mamlakatning yadro qurollanishi yakuniga yetgani bo‘yicha tarixiy yutuqqa erishilganini aytib o‘tdi», - deyiladi Shimoliy Koreya markaziy televideniyesi xabarida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR Hwasong-15 qit'alararo ballistik raketasi muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgani haqida ma'lum qilgandi. Pxenyanning bayonotida aytilishicha, raketa AQSh hududidagi istalgan joyga yetib borishi mumkin.











