«Kurdlar tayyor». OAV Suriya bo‘yicha yangi xabar tarqatdi
Asosan kurdlardan iborat bo‘lgan «Suriya demokratik kuchlari» Suriyadagi inqiroz siyosiy yo‘l bilan hal etilganidan so‘ng hukumat qo‘shinlari tarkibiga kirishga tayyor. Bu haqda «Izvestiya» «Demokratik ittifoq» kurdlar partiyasining Rossiyadagi vakili Abdul Salom Aliga tayangan holda yozmoqda.
«Agarda barcha uchun to‘g‘ri keladigan qaror topilsa, Suriya demokratik kuchlarining Suriya armiyasiga qo‘shilishi voqealarning mantiqiy yechimiga aylanadi. Biz hech qachon yakkalatib qo‘yish yoki ajralib chiqish haqidagi masalani qo‘ymaganmiz. Aksincha, kurdlar yagona Suriya doirasida o‘z huquqlari va boshqa xalqlar huquqlarining mustahkamlanishiga erishishmoqchi», - deya aytib o‘tdi u.
Gazetaning ta'kidlashicha, so‘nggi vaqtlarda Suriya hukumat kuchlari va Suriya demokratik kuchlari jangchilari o‘rtasida jiddiy to‘qnashuvlar yuz bermadi. Biroq 2016 yilning aprelida ular o‘rtasida Al-Qamishli shahrida qurolli ziddiyat kuzatilgan. O‘shanda o‘nlab insonlar halok bo‘ldi, biroq mojaroni hal qilishning uddasidan chiqildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq The Washington Post gazetasi nomi oshkor etilmagan amerikalik amaldorlarga tayangan holda AQSh hukumati Suriya shimolida yangi mahalliy boshqaruvni shakllantirishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergandi.