AQŞ hukumati Suriya şimolida yangi mahalliy boşqaruvni şakllantirişni rejalaştirmoqda, deb yozmoqda The Washington Post gazetasi nomi oşkor etilmagan amerikalik amaldorlarga tayangan holda.

Xabar qilinişiça, Suriyadan «AQŞning tezkorlik bilan ketişi» Suriya prezidenti Başar Asadga mamlakat «hududini bosib olişni yakunlaşga» yordam berişi hamda «uning siyosiy jihatdan omon qolişini kafolatlaşi» mumkin bölardi.

Gazetaning ma'lum qilişiça, bunday variant Suriyaning eng yaqin ittifoqçisi bölgan Eron uçun ğalabaga aylangan böladi.

«AQŞ rasmiy şaxslari bunday natijadan qoçiş maqsadida Suriya şimolida amerikalik harbiylar qolişini qöllab-quvvatlaş niyatida ekanliklarini ma'lum qilişdi. Bu yerda amerikaliklar Suriya demokratik kuçlariga (SDF) IŞID terrorçilik taşkilotiga qarşi kuraşda yordam berdilar va tegişli könikmalarini şakllantirdilar. Şuningdek, bu tumanlarda Asad hukumatidan boşqa bölgan, yangi mahalliy boşqaruv taşkil etilişi lozim», - deya xabar beradi naşr.