Tez yordam shifokorini do‘pposlagan mushtumzo‘r qamaldi
Joriy yilning 10 sentabr kuni o‘z xizmat vazifasini bajarish uchun manzilga yetib borib, xonadon egasidan kaltak yegan shifokor haqida xabar berilgandi. Mirzo Ulug‘bek tumani 5-bo‘lim Tez tibbiy yordam bo‘limi shifokori Zafar Qayumov kutilmagan zo‘ravonlik jabrlanuvchisiga aylanib, Abdumalik Karimovning mushtiga yo‘liqqandi.
Ushbu ishni atroflicha o‘rganib chiqqan Toshkent shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi A. Karimovni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 277-moddasi 3-qismi «g» bandi, ya'ni «jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib turgan hokimiyat vakili yoki jamoatchilik vakiliga yoxud bezorilik harakatlarining oldini olish chorasini ko‘rgan boshqa fuqarolarga qarshilik ko‘rsatib sodir etilgan» bezorilikda aybli, deb topdi.
|Mavzuga oid: «Tez yordam» vrachlari nolasi: «Odamlardan kaltak yeyish uchun 10 yil o‘qimaganmiz»
Kun.uz muxbirining xabar qilishicha, unga nisbatan 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Mushtumzo‘r bezoriga nisbatan qonun o‘z vaqtida javob qaytardi.
Mavzuga oid
11:24 / 06.11.2024
IJQKDning iqtisodiy jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi vakolatlari aniqlashtiriladi
11:12 / 29.10.2024
8 yilgacha qamoq jazosi – Jinoyat kodeksiga «lixoradchik»lar uchun alohida modda kiritildi
21:29 / 27.09.2024
Chilonzorda “dom” qurmoqchi bo‘lgan firma mansabdorlari tergovga tortildi
18:26 / 16.09.2024