Jahon | 19:45 / 05.12.2017
4512
1 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro avtomobil federatsiyasi o‘zining shon-shuhrat zalini ochdi  

Foto: AFP

Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) o‘zining shon-shuhrat zalini ochdi va unga “Formula-1” poygalarining barcha g‘oliblari nomlarini kiritdi. 

FIA’ning Shon-shuhrat zali ochilishi 4 dekabrda Parijda, federatsiyaning bosh qarorgohida bo‘lib o‘tdi. Marosimda “Formula-1”ning 33 nafar chempionidan 9 nafari ishtirok etdi, bular: Jyeki Styuart, Mario Andretti, Alen Prost, Nayjyel Mensell, Deymon Xill, Jak Vilnev, Fernando Alonso, Sebastyan Fettel va Niko Rosberg.

FIA rahbari Jan Todtning aytishicha, “Formula-1” chempionlarining Shon-shuhrat zaliga kiritilishi birinchi qadam hisoblanadi. Keyingi yilda ushbu zalga rallilarning barcha chempionlari, ikki yildan keyin esa bardoshlik poygalarining chempionlari nomlari kiritiladi.

Mavzuga oid