Chempionlar ligasi guruhi bosqichi o‘yinlari nihoyasiga yetdi.
F guruhi yetakchisi "Manchester Siti" musobaqadagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. "Shaxtyor" maydoniga safar qilgan shaharliklar 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Mezbonlar tarkibida Bernard hamda Ismaili urgan gollarga "Siti" tarkibida Aguero 1ta gol bilan javob berdi.
G guruhida "Portu" o‘z maydonida "Monako"ni qabul qilib, 5:2 hisobidagi yirik g‘alabaga erishdi.
H guruhida "Real Madrid" "Borussiya Dortmund"ga qarshi kurashib, 3:2 hisobidagi qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Mezbonlar tarkibida Mayoral, Ronaldu hamda Vaskes urgan gollarga, "Dortmund" Obameyangning dubli bilan javob qaytardi.
Ye guruhi vakili "Liverpul" o‘z maydonida "Spartak"ni qabul qilib, raqib darvozasiga javobsiz 7ta gol kiritdi.
Qolgan uchrashuvlarda quyidagi natijalar qayd etildi:
6-tur
F guruhi
Feyyenoord Niderlandiya – Napoli Italiya 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 2 Zelinski, 1:1 – 33 Yorgensen, 2:1 – 90 Sen-Jyust.
Feyyenoord – Vermeyer, van Bek, Malasia, Niukop (Sen-Jyust, 76), Trindade, Tornstra, Tapiya, Bergeys (Larsson, 72), Amrabat, Boetiyus, Yorgensen.
Napoli – Reyna, Albiol, Madjo (Mariu Ruy, 64), Xyusay, Kulibali, Gamshik, Diavara, Zelinski, Allan (Rog, 60), Kalexon (Una, 74), Mertens.
Ogohlantirishlar: Trindade (28), Mertens (79), Sen-Jyust (81).
Chetlatish: Trindade (83).
Shaxtyor Ukraina – Manchester Siti Angliya 2:1 (2:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 26 Bernard, 2:0 – 32 Ismaili, 2:1 – 90, penalti Aguero.
Shaxter – Pyatov, Ordets, Ismaili (Azevedo, 64), Rakitskiy, Butko, Fred, Marlos (Kovalenko, 82), Tayson, Bernard, Stepanenko, Ferreyra (Xocholava, 89).
Manchester Siti – Ederson, Adarabioyo, Danilo, Mangalya, Foden, Fernandino (Aguero, 70), Gundo‘g‘an, Bernardu Silva, Ture, Sane (Braim Dias, 62), Gabriel Jyezus.


















