08:35 / 07.12.2017
16049

Qandli diabetga qarshi dori saratonni davolashi mumkin

Foto: Pinterest

2-turdagi qandli diabet kasalligini davolashda qo‘llaniladigan metformin dorisi saraton hujayralarining tartibsiz parchalanishiga barham berishi mumkin. Kanadalik tadqiqotchilarning kuzatishlari shunday xulosa qilishga asos bo‘lmoqda. Uning natijalari PLOS ONE jurnalida e'lon qilingan.

Mutaxassislar dorining ta'sirini laboratoriya sichqonlarida tekshirib ko‘rgan. Kemiruvchilarga inson saraton hujayralarini ko‘chirib o‘tkazishgan. Ma'lum bo‘lishicha, dori doksorubitsindan foydalangan holda amalga oshirilgan kimyo terapiyasidan ta'sirlanmagan saraton hujayrasining o‘sishini sekinlashtiradi yoki to‘sadi. 

Tadqiqotchilarning ta'kidlashlaricha, metformin ko‘krak bezidagi saraton hujayralari kimyoviy davolashdan ta'sirlanishiga turtki bo‘lishi mumkin. Ayni vaqtda mutaxassislar tadqiqotni davom ettirish niyatida.
 

Mavzuga oid
Top