12:40 / 08.12.2017
11713

Bishkekda TurkPA yig‘ilishi: O‘zbekiston delegatsiyasi ilk bor qatnashmoqda 

Foto: AKIpress

Qirg‘iziston poytaxti Bishkekdagi «Ala-Archa» davlat qarorgohida 8 dekabr kuni turkiy tildagi mamlakatlar Parlament assambleyasining 7-yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirda turkiy tildagi mamlakatlar Parlament assambleyasiga a'zo davlatlar – Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkiya va Ozarboyjon parlamentlarining spikerlari ishtirok etmoqda. Vengriya parlamenti vitse-spikeri Ishtvan Yakab kuzatuvchi sifatida qatnashyapti. Bundan tashqari, O‘zbekiston va Turkmaniston delegatsiyasi faxriy mehmonlar sifatida taklif etilgan.

Bishkekda TurkPA yig‘ilishi o‘tkaziladi. O‘zbekiston delegatsiyasi birinchi marta qatnashadi

O‘zbekiston turkiy tildagi mamlakatlar Parlament assambleyasi yig‘ilishida ilk marta qatnashmoqda, delegatsiya rahbari – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi raisi o‘rinbosari Narimon Umarov.

Bugun delegatsiyalar yig‘ilish boshlanishidan avval 1916 yilgi fojiali hodisalarda halok bo‘lganlar xotirasiga atab barpo etilgan «Urkun» memorialiga, shuningdek 1930-yillardagi qatag‘on qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan «Ata-Beyit» memorial majmuasiga gullar qo‘yishdi. Shundan so‘ng delegatsiyalar qirg‘iz xalqi yozuvchisi Chingiz Aytmatov memorialiga ham gullar qo‘ydilar.

2018 yilda turkiy tildagi mamlakatlar Parlament assambleyasida raislik Qozog‘istondan Qirg‘izistonga o‘tadi.

Ishtirokchilar kun tartibi doirasida tashkilotning bo‘lajak faoliyatiga aloqador masalalarni ko‘rib chiqishadi, turkiy tildagi mamlakatlar Parlament assambleyasi raisi o‘rinbosarlarini saylaydilar. Shuningdek, qatnashchilar Bishkek deklaratsiyasini qabul qilishadi.

Mavzuga oid
Top