Bişkekda 8 dekabr kuni turkiy tildagi davlatlar Parlament assambleyasining yettinçi yalpi yiğilişi bölib ötadi. Bu haqda Jöqorğu Keneş matbuot xizmati xabar bergan.
Tadbirda TurkPA a'zo davlatlari parlamentlari spikerlari, kuzatuvçi sifatida esa Vengriya parlamenti vitse-spikeri iştirok etadi. TurkPA faoliyati tarixida birinçi marta Özbekiston parlamentining Oliy Majlis Qonunçilik palatasi raisi örinbosari boşçiligidagi delegatsiyasi faxriy mehmon sifatida qatnaşadi. Şuningdek, Turkmaniston parlament delegatsiyasi ham faxriy mehmon sifatida taklif etilgan.
Tadbir doirasida Jöqorğu Keneş spikeri Dostonbek Jumabekovning Ozarboyjon, Qozoğiston, Turkiya, Vengriya hamda Özbekiston parlament delegatsiyalari rahbarlari bilan ikki tomonlama uçraşuvlarini ötkaziş rejalaştirilgan.
Bundan taşqari, yiğiliş davomida TurkPAda raislik qiliş Qozoğistondan Qirğizistonga ötadi.












