Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Poroshenkoning ishi!». Timoshenko bayonot berdi
Foto: Reuters
«Batkivshchina» partiyasi yetakchisi Yuliya Timoshenkoning ma'lum qilishicha, Odessa oblasti sobiq gubernatori Mixail Saakashvili Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning buyrug‘iga ko‘ra qo‘lga olingan. Bu haqda u feysbukdagi sahifasida yozdi.
«Men shuni tushunib turibmanki, Mixail Saakashvilini bosh prokuror, sud, boshqa istalgan huquqni muhofaza qiluvchi tuzilma qamamadi. Uni aynan siz [Poroshenko] qamoqqa tashladingiz», - deya ma'lum qildi Timoshenko.
U Ukraina prezidentidan «o‘zining barcha buyruqlarini darhol bekor qilish» va Saakashvilini ozod etishni talab qildi. Shuningdek u «butun jahon va o‘z xalqi ko‘z o‘ngida Ukrainani sharmanda qilmaslikka» chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saakashvili izolyatordan o‘z tarafdorlariga murojaat qilgandi. Odessa viloyatining qo‘lga olingan sobiq gubernatori Mixail Saakashvili o‘z tarafdorlarini yakshanba, 10 dekabr kuni norozilik namoyishiga chiqishga chaqirdi.
Mavzuga oid
15:08
Ukraina sudi Timoshenko uchun 661 ming yevro garov belgiladi
21:32 / 16.01.2026
Ukrainada yangi korrupsion mojaro. Nishonda – Timoshenko
19:16 / 14.01.2026
Ukrainada yana korrupsiya mojarosi: Yuliya Timoshenko Rada deputatlarini sotib olishda ayblanmoqda
10:30 / 18.11.2025