Odessa viloyatining qölga olingan sobiq gubernatori Mixail Saakaşvili öz tarafdorlarini yakşanba, 10 dekabr kuni norozilik namoyişiga çiqişga çaqirdi. Bu haqda himoyaçi Ruslan Çernolutskiy tomonidan e'lon qilingan uning bayonotida aytiladi, deb xabar bermoqda «Ukrainskaya pravda».
«Olibsotarlar hukumati meni yolğon ayblov bilan hibsga oldi», - deya ma'lum qilgan Saakaşvili.
Uning sözlariga köra, «şu tariqa ular faollarni qörqitişga urinişmoqda».
«Heç narsadan qörqmang, yakşanba kungi «Impiçment uçun» tinç aksiyasiga dadillik bilan çiqing», - deya ta'kidlab ötgan siyosatçi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Saakaşvili Lugansk politsiyasi sobiq boşliğining uyida uşlangani ma'lum bölgandi. Ukraina milliy politsiyasining Lugansk oblasti böyiça boş boşqarmasi sobiq boşliği Yuriy Pokinborodaning ma'lum qilişiça, Odessa oblasti sobiq gubernatori Mixail Saakaşvilini uning kvartirasida qölga olişgan.













