Mixail Saakaşvili Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko unga Ukraina boş vaziri lavozimini egallaşni taklif qilganini ma'lum qildi. U bu haqda Zik telekanali efirida sözlab berdi.

“U (Poroşenko – tahr.) Yatsenyukga (Ukrainaning sobiq boş vaziri – tahr.) men keyingi boş vazir bölişim haqida imlagan, biroq men bundan xabar topganimdan keyin “Petr Alekseyeviç, nahotki şuni siz aytayapsiz, deb aytganimda, u: “Nimaga yöq ekan?” deb javob qilgan. Men unga: “Yöq!” deb javob qaytarganman”, deb eslab ötdi voqeani Saakaşvili.

Avvalroq Saakaşvili telekanal efirida Ukraina boş vaziri bölişga tayyorligini va unda prezident böliş iştiyoqi yöqligini aytib ötgandi. “Men Ukrainada normal hukumat bölişi uçun javobgarlikni öz zimmamga olişga tayyorman. Men heç qaçon, heç qanday vaziyatda prezidentlik uçun kuraşmayman. Ukraina prezidentlari, fikrimça, bu yerda tuğilib-ösgan ukrainaliklar bölişlari kerak”, deb aytgandi Saakaşvili.