Kiyevning Peçera tuman sudi prokuraturaning Mixail Saakaşviliga nisbatan ehtiyot çorasi sifatida uy qamoği belgilanişi haqidagi sörovini rad etdi va uni Ukraina oliy radasi deputatlari guruhi kafilligi ostida ozodlikka çiqardi.
10 dekabrda Kiyevda navbatdagi marta Ukraina prezidenti impiçmenti talab qilingan namoyiş bölib ötdi. Aktsiyani Saakaşvilining “Yangi kuçlar harakati” partiyasi tarafdorlari taşkillaştirişgan. Ular, şuningdek, Saakaşvili uşlab turilgan tergov izolyatori oldida siyosatçining zudlik bilan ozod etilişini talab qilib, namoyiş ötkazişgan.
Saakaşvili 5 dekabrda jinoiy taşkilotlar iştirokçilariga kömak beriş va ularning faoliyatini yaşiriş işi böyiça qölga olingandi. Biroq u tarafdorlari tomondan huquq-tartibot idoralari xodimlari qölidan çiqarib olingan.
Saakaşvili şundan keyin 8 dekabrda keçki payt uşlanib, Ukraina xavfsizlik xizmati izolyatoriga olib kelingan.
Saakaşvili suddan keyin prezident böliş iştiyoqi yöqligini aytdi.
“Menda prezident böliş iştiyoqi yöq”, deb aytgan Saakaşvili sud qaroridan keyin tegişli savolga javoban.
U, şuningdek, Ukraina hukumati bilan kuraşişni davom ettirişini va “tizimni özgartirişga harakat qilişini” aytgan.
Saakaşvili muxolif siyosatçilarni birlaşişga çaqirdi. “Keling birlaşamiz va bizni yöq qilişga boşqa urinişlar bölmaydi”, deb aytdi siyosatçi.













