Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dushanbening bosh kommunisti firibgarlikda gumonlanmoqda
Foto: khujand-city.tj
Tojikiston Kommunistik partiyasining Dushanbe shahar bo‘linmasi rahbari Subxon Safialloyev firibgarlikda gumonlanmoqda, deya xabar berdi Asia Plus.
Uni mamlakatning korrupsiyaga qarshi kurash mahkamasida so‘roq qilishgan, deb ma'lum qildi mamlakat huquqni muhofaza qilish organlaridagi manba.
Uning ma'lumotiga ko‘ra, Safialloyev yuqori mansabli davlat amaldorining hukumat aloqasi bo‘yicha telefonidan hamda uning nomidan davlat muassasalaridan biriga qo‘ng‘iroq qilgan va kasal ayolni davolash uchun moliyaviy yordam ko‘rsatishni so‘ragan.
Hozirda Subxon Safialloyev ozodlikda ekani aytilmoqda, biroq unga nisbatan tergov boshlangan. Uning xalq deputatlari shahar majlisidagi vakolatlari muddatidan avval to‘xtatildi.
Jurnalistlar Safialloyev bilan bog‘lana olishmadi, Tojikiston Kommunistik partiyasi esa bu borada izoh berishdan bosh tortgan.
Mavzuga oid
19:03 / 07.10.2025
Tojikiston poytaxtida elektr samokat va giroskuterda yurish taqiqlandi
15:24 / 08.01.2025
Dushanbe shahrida O‘zbekiston savdo uyi ochildi
20:19 / 08.08.2024
Tojikistonda Xitoy bilan hamkorlikda harbiy baza qurilishi rad etildi
09:59 / 19.01.2024