Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Quturgan itlar». KXDR keskin bayonot bilan chiqdi
Foto: Reuters
KXDR hukumatining ma'lum qilishicha, Janubiy Koreya Pxenyanga uning yadroviy dasturi tufayli joriy etilgan yangi sanksiyalariga «katta narx» to‘laydi. Bu haqda «Ryonxap» Koreya Markaziy telegraf agentligiga tayangan holda xabar bermoqda.
«AQShga xizmat qiluvchi quturgan itlarning ahmoqona sanksiyalari va bosimi, faqat ularni [Janubiy Koreyani, - tah.] katta narx to‘lashga majbur qiladi», - deya ma'lum qildi milliy murosa bo‘yicha Shimoliy Koreya maslahatlashuv kengashining o‘z nomini oshkor etmagan vakili.
Ta'kidlanishicha, Seul joriy haftada KXDRga qarashli 20 ta tashkilot hamda bu davlatdan bo‘lgan 12 nafar kishini Pxenyan yadro dasturini xalqaro moliyalashtirish bilan kurash doirasida o‘zining sanksiya ro‘yxatiga kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMT bosh kotibi Shimoliy Koreyaga oid bayonot bergandi. Antoniu Guterreshning ma'lum qilishicha, xalqaro hamjamiyat KXDR bilan urushga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha barcha choralarni ko‘rishi lozim.
Mavzuga oid
13:42 / 16.01.2026
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti besh yilga qamaldi
23:02 / 13.01.2026
Prokurorlar Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun uchun o‘lim jazosini so‘radi
16:33 / 06.01.2026
«Rasm sifati yaxshi, to‘g‘rimi?» - Li Xitoy bilan munosabatlarni tiklashga urinmoqda
11:34 / 29.12.2025