BMT boş kotibi Antoniu Guterreşning ma'lum qilişiça, xalqaro hamjamiyat KXDR bilan uruşga yöl qöymaslik böyiça barça çoralarni körişi lozim.
«Röy berişi mumkin bölgan eng yomon narsa bu şuki, bizning barçamiz, oyparast - uyqusida uyğoqdek yuraveradigan odamlar kabi dramatik oqibatlarga olib kelişi mumkin bölgan uruş botqoğiga botib ketişimiz mumkin», - deya uning sözlarini keltiradi Interfaks.
Uning ta'kidlaşiça, BMT Xavfsizlik Kengaşi tomonidan joriy etilgan sanksiyalarga rioya qiliş öta muhimdir.
BMT boş kotibining fikriga köra, «bu birinçi navbatda Şimoliy Koreyaga aloqador, biroq boşqa mamlakatlarga ham tegişli, ularning roli juda ham katta».
Guterreş Koreya yarim orolini yadro qurolidan xoli hududga diplomatiya yöli bilan aylantirişga erişişni talab qildi.
Eslatib ötamiz, avvalroq KXDR yetakçisi Kim Çen In şimoliy koreyalik olimlar hamda işçilar “yadroviy kuçlarni sifat va son böyiça mustahkamlaş” uçun “eng yangi qurol va uskunalarni” işlab çiqarişda davom etişi haqida ma'lum qilgandi.

















