09:49 / 19.12.2017
21255

«O‘zbekiston temir yo‘llari» o‘quvchi va talabalar uchun 50 foizlik chegirma haqida ma'lum qildi

O‘zbekiston Respublikasining o‘rta-maxsus ta'lim va oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan yoshlarni rag‘batlantirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan o‘quvchi va talabalar uchun temir yo‘l chiptalarini xarid qilishda chegirmalar belgilandi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, joriy yilning 28 dekabr kunidan 2018 yil 10 yanvargacha o‘quvchi va talabalar ichki yo‘nalishlarda harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdlari uchun yo‘l chiptalarini 50 foiz chegirma asosida xarid qilishi mumkin.

Ta'kidlanishicha, mazkur chegirma respublikaning faqat mahalliy yo‘nalishlariga belgilangan. Shuningdek, xalqaro yo‘nalishida qatnovchi va «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatiga qarashli bo‘lmagan hamda yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» poyezdlariga taalluqli emas.

Top