Qişloq xöjaligidagi fermer va boşqa toifadagi xöjaliklarning texnika bilan ta'minlanganlik darajasi tahlil etilganda natija şuni körsatdiki, mavjud texnikalarning 38 foizi 15 yildan ​köp vaqt mobaynida foydalanişda bölgani, öz resursini ötab bölgani aniqlangan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Boş vaziri örinbosari Zoyir Mirzayev Özbekiston Respublikasi Senatining XIII yalpi majlisidagi nutqida ma'lum qildi.

«Eng açinarlisi, meva-sabzavot mahsulotlarini yetiştirişga ixtisoslaşgan hududlarda faoliyat yuritayotgan xöjaliklar texnika bilan 34 foizga ta'minlangan», deydi vazir. Açinarli holati şundaki, paxta, ğalla va takroriy ekin turlarini yetiştiriş uçun yer uç marta şudgor qilinib, unga işlov berilişi kerak. Zoyir Mirzayevning ta'kidlaşiça, uşbu texnika vositalari qudrati yerga 3 marta işlov berişga emas, balki umumiy işning teng yarmini bajarişga yetadi.

«Respublika böyiça hisoblansa, 38 foiz eskirgan texnikalardan taşqari, qariyb 4600ta agro texnika vositalari joylarda yetişmayapti. Agar haydov maşinalarining özi haqida söz yuritilsa, 1100ta traktorlarning yetişmasligi aniqlangan. Eskirgan texnika vositalari bilan şudgorlanmagan yerlar va boşqa kamçiliklar tufayli fermer ğalla va paxta mavsumi yakunida foyda emas, zarar körmoqda», deb ta'kidlagan Zoyir Mirzayev.

Bundan taşqari, Boş vazir örinbosari Zoyir Mirzayev mahsulotlarni omborxonalarda saqlaş masalasiga e'tibor qaratib, uşbu sohada aniqlangan kamçiliklarni birma-bir sanab ötdi.

«Ayni kunda barça mahsulotlarning atigi 10 foizini omborxonalarda belgilangan tartibda saqlaş imkoniyatiga egamiz. Bu borada ijobiy natijalarga erişiş uçun ayrim qonunosti hujjatlarni özgartiriş yoki ularga qöşimçalar kiritiş maqsadga muvofiq böladi. Mahalliy joylarda yangi normalarni taşkil qilişni joiz, deb hisoblayman», deydi vazir.

Boş vazir örinbosari aynan soha kamçiliklarini batafsil bildirib, köp tarmoqli fermer xöjaligining maqomi belgilanmaganiga urğu berdi. Masalan, fermer xöjaligi asosiy faoliyatidan taşqari, qaysi yönalişda qöşimça işni taşkil etsa, uning xöjaligi köp tarmoqli hisoblanişi haqida aniq tuşunça yoxud mezon yöq. Bundan taşqari, köp tarmoqli fermerlarning faoliyatini rağbatlantiriş, ularning sonini köpaytiriş böyiça alohida imtiyozlar joriy qilinmagan.

«​2016 yilga qadar mavjud dasturga köra, asosiy faoliyat turi paxta va ğalla mahsulotlarini yetiştiriş bölgan fermer qöşimça ravişda pomidordan hosil olsa, uning xöjaligi köp tarmoqli, deb topilgan. Vaholanki, ekin turlarini köpaytiriş hisobiga fermer xöjaligi köp tarmoqliga aylanib qolmaydi»​, deydi Zoyir Mirzayev.