23 dekabr kuni Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xodimlari yoppasiga işdan böşatildi. Kun.uz manbasi bergan axborotga köra, vazirlikda kamida 50 kişi işdan ketgan.

Işdan böşatilganlar orasida boşqarma boşliqlari Irina Golyşeva (Soliq va bojxona tarif-siyosati boşqarmasi), Ş.Haydarov (Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boşqarmasi) hamda A.Abdullayev (Sanoatning bazaviy tarmoqlari, yoqilği-energetika majmui va geologiyani rivojlantiriş moliyasi va tarifni tartibga soliş boş boşqarmasi) ham bor. Şuningdek, ikki nafar boşqarma boşliqlari örinbosarlari işdan olingan.

Manbaning ma'lumotiga köra, ommaviy ravişda işdan böşatişga Moliya vazirligidagi kamçiliklar, byudjyet xalqçil qilinmagani va yil davomidagi boşqa köplab muammolar sabab bölgan.

Eslatib ötamiz, Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 22 dekabr kuni Oliy Majlis Senati va Qonunçilik palatasi a'zolariga Murojaatnomasida Moliya vazirligida tozalaş işlari ötkazişga buyruq bergandi.

U Özbekiston boş vaziri örinbosari — moliya vaziri Jamşid Qöçqorovga yuzlanib, vazirlikni tozalaşga 10 kun muhlat bergan, «yoş bölsada, Vatanni sevadigan odamlar»ni işga olişga çaqirgandi. Aks holda Qöçqorovning özi işdan ketişi haqida ogohlantirilgandi.

Prezident Jamşid Qöçqorovning joriy faoliyatidan noroziligini bildirarkan, u taqdim etgan hisobotlarda Ostrogorskiy ta'siri borligini ta'kidlagandi.

Prezident «Ostrogorskiy» deb Moliya vazirligining Davlat byudjyeti boş boşqarmasi sobiq boşliği Ella Ostrogojskayani nazarda tutgan.