Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunçilik palatasi a'zolariga Murojaatnomasida rahbarlar bugungi davr talablariga mos ravişda işlaşi zarurligini qayd etdi.
«Hisobotlarda göyoki ijobiy özgarişlar yuz berayotgandek tuyuladi, lekin ular faqat raqamlar, bizga raqamlar emas, odamlarning ahvoli, turmuş darajasi yaxşilanişi kerak. Mahalliy kengaş, tuman, şahar va respublika şu bilan şuğullanişi kerak.
Aytinglar yana qanday qaror çiqaray odamlar işonişi uçun? Bir yilda bitta deputat menga xat bilan çiqmadi. Keça byudjyet muhokama qilinganini kördim. Janob Qöçqorovni çaqib-çaqib olişganini kördim. Töğri qilişdi. Deputatlar ma'qullagan byudjyetni men imzolamayman. Moliya vazirligidagi noinsoflarga qulay bölgan byudjyetni emas, xalqimizga oson bölgan byudjyetni imzolayman.
Nima uçun Moliya vazirligini özgartirdim, Moliyaning «M» harfini tuşunmaydiganlarni haydab yubordim, rahbarlari ketdi, lekin pastdagi «kalamuşlar» ötiribdi.
Qöçqorov özgariş qilmasa bir oyda işdan haydayman. Avvalgi «moliyaning hidi» kelib turibdi, taşqaridan işlar olib borib turibdi bir-ikkitasi. Ertangi kunni öylaydigan Moliya kerak menga», dedi prezident.












