Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Hovliqmanglar!» - Nazarboyev ko‘chaga nomi berilgani haqida
Foto: Akorda.kz
Nursulton Nazarboyev Olmaotadagi Furmanov ko‘chasining nomi o‘zgargani borasida izoh berdi, deb xabar qilmoqda Qozog‘iston OAV.
"Yaqinda kimdir menga yozgandi: Nazarboyevga tosh yodgorliklar kerak emas, u poytaxtni qurib bo‘ldi. Men u bilan butunlay qo‘shilaman. Bularning bari – hovliqish", - deya ta'kidlab o‘tdi Qozog‘iston prezidenti.
"Men har doim bunga qarshi chiqqanman. Men faqatgina universitetga (Nazarboyev Universiteti) rozi bo‘lgandim. Uni hamma – ham hukumat, ham mamlakat qo‘llab-quvvatlashi uchun. Bizda bunday OTM bo‘lmagandi. U boshqa universitetlarga namuna bo‘lib xizmat qilayotgan eng ilg‘or o‘quv muassasasi".
"Qolgan barcha holatlar – mahalliy hokimiyatlarning qarori. Albatta, men o‘z farmonim bilan bularning barini taqiqlab qo‘yishim mumkin. Hozirda barcha qozog‘istonliklarga ochiq-oydin shunday demoqdaman: buni qilish kerak emas! Kerak emas. Tarixda qilgan ishlaring bilan qolishing lozim. Uzoq umr ko‘rish, qandaydir yodgorliklar bilan emas", - deya ta'kidlab o‘tgan Qozog‘iston prezidenti.
"Yodgorliklar bilan nima bo‘lishini esa barchamiz yaxshi bilamiz. Xo‘p, nom berishdi... Yaxshiyamki, Furmanovning nomini o‘zgartirishdi, boshqa kimnidir emas...", - dedi Nursulton Nazarboyev.
"Olmaota – qadrdon shahar. Hammasi uchun rahmat. Lekin buni qilish kerak emas", - deya xulosa qilgan u.
Eslatib o‘tamiz, 30 noyabr kuni Olmaotadagi Furmanov ko‘chasining nomi Nazarboyev shohko‘chasi etib o‘zgartirildi.
Mavzuga oid
20:04 / 29.12.2025
Qozog‘istonda Nursulton Nazarboyevning xorijga chiqishini cheklash taklif etildi
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025