Olmaotadagi Furmanov köçasi Nursulton Nazarboyev nomidagi şohköçaga aylantirildi, deb xabar bermoqda qozoq OAV.
Xabar qilinişiça, Olmaota şahar maslahatining VI-çaqiriği sessiyasi davomida megapolis aholisining köplab takliflari hisobga olingan holda, şahar onomastik komissiyasi va Qozoğiston Respublikasi hukumati huzuridagi Respublika onomastik komissiyasi bilan muvofiqlaşgan tarzda Olmaota şahrining eng asosiy köçalaridan biriga Qozoğiston Respublikasi prezidenti – Nursulton Abişeviç Nazarboyev nomini beriş haqida qaror qabul qilingan.
Olmaota hokimi Baurjon Baybekning sessiya davomida ta'kidlaşiça, onomastik komissiyaga 112 ta takrorlanuvçi köçalarni qayta nomlaş töğrisida taklif kiritilganidan söng ziyolilar, nodavlat notijorat taşkilotlar, şaharliklar va yoşlardan mustaqil Qozoğiston asosçisi bölgan Nazarboyev nomini megapolisdagi eng asosiy köçalardan biri – Furmanov köçasiga beriş haqida köplab murojaatlar kelib tuşgan.
"Joriy yilda biz Ostonaning 20 yilligini nişonlamoqdamiz. Agarda eslasak, tarixning özi Yölboşining poytaxtni köçiriş haqidagi qarori naqadar uzoqni köra biliş va töğri ekanini isbotlab berdi. Hamda nafaqat Yevroosiyo markazida yangi zamonaviy şaharni yaratiş nuqtai nazaridan, balki Olmaotaning rivojlanişi böyiça ham u mamlakatning işbilarmonlik markazi sifatida kuçli turtki oldi. Bu qaror prezidentning iqtisodiy islohotlari bilan birga xususiy taşabbusni, tadbirkorlik ruhiyati rivojlanişini rağbatlantirdi. Bugungi kunda Olmaota – bu mintaqaviy öziga tortuvçi kuç, Markaziy Osiyodagi eng yirik megapolis", - degan Baurjon Baybek.
Eslatib ötamiz, Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyevning nomi birinçi marta ön yil muqaddam Iordaniya poytaxti Ammanga va Çeçeniston Respublikasi poytaxti Grozniy şahridagi köçalarga berilgan. Bundan taşqari, Qozoğiston birinçi prezidenti bilan atalgan köçalar Turkiyaning bir neça şahrida bor. Tatariston poytaxti – Qozon şahridagi magistral köça ham Nursulton Nazarboyev nomi bilan yuritiladi.
Avvalroq Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev Qöstanayda mehribonlik uyi tarbiyalanuvçilari bilan uçraşuvda özining “vorisini" uçratgani xabar berilgandi.












